Live
7
O'zbek

Anchelotti: «Bavariya»ga qarshi uchrashuv biz uchun finalga teng

Futbol
25 noyabr, 09:55
Davide bo‘lajak bahs oldidan fikr bildirdi.
Anchelotti: «Bavariya»ga qarshi uchrashuv biz uchun finalga teng
Фото: Getty Images
25.11.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Lille Lille - : - Bavariya Bavariya

Fransiyaning «Lill» klubi bosh murabbiyi Davide Anchelotti Chempionlar ligasi doirasida «Bavariya»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Chempionlar ligasidagi har bir o‘yin kabi, bu bahs ham biz uchun finalga teng. Unga ham avvalgi uchrashuvlarga tayyorlanganimizdek hozirlik ko‘rmoqchimiz. Maydonda o‘z o‘yin tamoyillarimizga sodiq qolib, raqibga o‘z uslubimizni o‘tkazishimizni istayman», — dedi Anchelotti matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, «Lill» bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00da «Bavariya»ga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lille Lille
  • Bavariya Bavariya
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar