Angliyalik futbolchi Rahim Sterling xavfli tarzda avtomobil boshqargani uchun 12 oylik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, unga 18 oylik sinov muddati belgilandi. Sud, shuningdek, futbolchini ikki yil muddatga haydovchilik huquqidan mahrum qildi va 100 soatlik jamoat ishlarini bajarishga majbur etdi.
Tibbiy tekshiruv uchun namuna berishdan bosh tortgani sababli Sterling yana ikki oylik shartli qamoq jazosini oldi. Bu jazo asosiy jazo bilan bir vaqtda o‘taladi.
Bundan tashqari, angliyalik futbolchi 187 funt sterling miqdoridagi majburiy yig‘im va 85 funt sterling sud xarajatlarini to‘lashi kerak.
Ma’lumot uchun, ushbu hodisa 28-may kuni sodir bo‘lgan. Sterling Lamborghini avtomobilini boshqarib ketayotganida yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Avariya oqibatida hech kim jabrlanmagan. Sentabr oyida futbolchi o‘z aybini tan olgan.