Live
11
O'zbek

«Bavariya» Balogunga qiziqish bildirmoqda

Futbol
24 noyabr, 10:41
Balogunning «Monako» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
«Bavariya» Balogunga qiziqish bildirmoqda
Фото: Getty Images

«Monako» hujumchisi Folarin Balogun faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.

Amerikalik 25 yoshli futbolchiga Myunxenning «Bavariya» klubi qiziqish bildirmoqda.

Insayder Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, nemis grandi hujumchining o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. «Bavariya» Harri Keynning jiddiy jarohatidan keyin hujum chizig‘ini kuchaytirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

Transfermarkt portali hujumchining bozor qiymatini 50 million yevro deb baholagan. Balogunning «Monako» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Avvalroq «Manchester Yunayted» klubi ham unga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar