Live
11
O'zbek

Hakimi «PSJ»dagi roli haqida gapirdi

Futbol
24 noyabr, 10:30
Marokashlik himoyachi Luis Enrike unga katta ishonch bildirgani va hujumlarga qo‘shilishda erkinlik berganini aytdi.
Hakimi «PSJ»dagi roli haqida gapirdi
Foto: Getty Images

«PSJ» himoyachisi Ashraf Hakimi bosh murabbiy Luis Enrike unga jamoada qanday vazifa yuklayotgani haqida gapirdi.

«U mendan o‘ng qanot hujumchisi sifatida o‘ynashimni so‘ramagan, ammo keyinroq undan qanday rejalari borligini so‘rashingiz mumkin. Har bir futbolchi g‘alabalarni davom ettirish uchun bor kuchini ishga soladi. Luis Enrike menga muhim rol berdi, harakatlanish erkinligini taqdim etdi va ishonch bildirdi. Men hujumga qo‘shilganimda, jamoadoshlarimdan biri mening pozitsiyamni egallaydi. Bu esa menga harakatlanish erkinligini beradi», — dedi Hakimi matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, «PSJ» 25 noyabr kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turida «Roma»ni qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 26 noyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar