Live
9
O'zbek

«MYU» Saudiya Arabistonidan hujumchi topdi

Futbol
24 noyabr, 10:20
«Manchester Yunayted» «Al Ahli» safida to‘p tepayotgan Ayvan Tounini jamoaga qo‘shib olishga qiziqmoqda.
«MYU» Saudiya Arabistonidan hujumchi topdi
Foto: Getty Images

Saudiya Arabistonining «Al Ahli» klubi hujumchisi Ayvan Touni Angliya Premyer Ligasiga qaytishi mumkin. TalkSPORT jurnalisti Aleks Krukning xabar berishicha, 30 yoshli futbolchiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda.

Touni ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 10 ta bahsda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Angliyalik hujumchi 2024 yil yozida «Brentford»dan «Al Ahli» safiga ko‘chib o‘tgandi. Bungacha u «Northempton Taun», «Nyukasl», «Barnsli», «Uigan» va boshqa klublarda faoliyat olib borgan.

Ma’lumot uchun, Tounining Saudiya klubi bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 20 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Ahli Jidda Al-Ahli Jidda
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar