Live
9
O'zbek

Kovach: «Arsenal» juda kuchli raqib, ammo biz ham o‘z imkoniyatlarimizga egamiz»

Futbol
24 noyabr, 10:11
Niko bo‘lajak bahs oldidan fikr bildirdi.
Kovach: «Arsenal» juda kuchli raqib, ammo biz ham o‘z imkoniyatlarimizga egamiz»
Фото: Getty Images
24.11.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Arsenal Arsenal - : - Borussiya D Borussiya D

Dortmundning «Borussiya» klubi bosh murabbiyi Niko Kovach Chempionlar ligasi doirasida «Arsenal»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan o‘z kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi.

«Albatta, bizni qanchalik qiyin vazifa kutayotganini yaxshi tushunib turibmiz. Biroq bizga qarshi ham o‘ynash oson emas va o‘z imkoniyatlarimizga ega bo‘lamiz. Ijobiy natijaga erishish uchun yetarlicha kuchlimiz. Ammo buning uchun to‘p bilan ham, to‘psiz ham o‘zimizning eng yaxshi jihatlarimizni namoyish etishimiz kerak.

«Arsenal» juda-juda kuchli raqib. Ularning Premer-ligadagi chempionligi ko‘p narsadan dalolat beradi. Ular haqiqatan ham ko‘p narsaga qodir.

Himoyadagi intizom va to‘pni nazorat qilish orqali o‘yinni boshqarish o‘rtasida to‘g‘ri muvozanatni topishimiz lozim», — deya Kovachning so‘zlarini keltiradi Arsenal Radar.

Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasi umumiy bosqichining to‘rt turidan keyin «Arsenal» 10 ochko bilan turnir jadvalida bormoqda. «Borussiya» hisobida esa 9 ochko mavjud.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Borussiya D Borussiya D
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar