Angliyaning «Aston Villa» klubi bosh murabbiyi Chempionlar ligasi doirasida «Galatasaroy» bilan kechadigan bahs oldidan raqibning kuchli jihatlarini ta’kidladi.
«Galatasaroy» tarkibida individual mahorati yuqori bo‘lgan, shu bilan birga jamoaviy o‘yinda ham kuchli futbolchilar jamlangan. Viktor Osimhen jamoa uchun muhim hujumchi. Leau ham juda yaxshi forvard, biroq ularning o‘rnini bosa oladigan boshqa futbolchilar ham bor.
Men uchun «Galatasaroy»ning eng muhim jihati — jamoaviy o‘yini va uning stadionida seziladigan o‘ziga xos muhit hamda energiya», — deya Emerining so‘zlarini Euro-Football nashri keltirdi.
Ma’lumot uchun, «Galatasaroy» va «Aston Villa» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-tur bahsi 24 noyabr kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanadi.