Marokashlik hujumchi Yassir Zabiri Yevropaning bir qator top-klublari e’tiboriga tushdi. «Barselona», «Real», «Arsenal», «Atletiko» va «Marsel» 21 yoshli futbolchining rivojlanishini kuzatib bormoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Ayni vaqtda afrikalik futbolchi ijara asosida Ispaniyaning «Rasing» klubida harakat qilmoqda. Uning asosiy shartnomasi esa Fransiyaning «Renn» klubiga tegishli.
Ma’lumot uchun, Zabiri ushbu mavsumda Ispaniya chempionatida 13 ta bahsda maydonga tushib, 11 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, marokashlik hujumchining «Rasing» bilan ijara shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, uning transfer qiymati 20 mln yevroga baholanmoqda.