Madridning «Real» klubi vingeri Vinisius Junior jamoaning asosiy tarkibidagi o‘rni endi kafolatlanmaganini qabul qilmoqda. Bu haqda Onda Cero nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchi jamoaning yangi a’zosi Yan Diomande foydasiga almashtirilishi yoki hatto zaxirada qolishiga ham ko‘nika boshlagan. Shu tariqa, Vinisius asosiy tarkibdagi joyi uchun raqobat kuchayganini anglab yetmoqda.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli Vinisius Junior ushbu mavsumda Ispaniya chempionatida to‘qqizta bahsda maydonga tushib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik vinger 2018 yil yozidan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2032 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.