«PSJ» «Real» hujumchisi Vinisius Juniorni qishki transfer oynasida sotib olishni rejalashtirmayapti. Parijliklar o‘z safiga taniqli yulduzdan ko‘ra, istiqbolli va yoshroq futbolchini qo‘shishni maqsad qilgan. Bu haqda Footmercato nashri xabar bermoqda.
21 noyabr kuni Liga 1ning 11-turi doirasida «PSJ» va «Nitsa» o‘rtasidagi bahsda (3:2) parijliklar vingeri Desire Due jarohat oldi. Futbolchi maydonni zambilda tark etishga majbur bo‘ldi. Tibbiy tekshiruv uning o‘ng tizzasidagi oldingi xochsimon bog‘lam uzilganini tasdiqlagan. Due oy yakunigacha operatsiya qilinishi va uzoq muddat tiklanish jarayonini o‘tashi kutilmoqda.
Due bilan birga Xvicha Kvaratsxeliya ham safdan chiqqani sababli «PSJ» qishki transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Xorijiy OAVda Vinisius Juniorning parijliklar safiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq manbaga ko‘ra, klub braziliyalik futbolchining transferiga qiziqish bildirmayapti.
Parij klubi katta nomga ega, allaqachon o‘zini ko‘rsatgan yulduzdan ko‘ra, kelajagi porloq va yoshroq futbolchini xarid qilishga ustuvor ahamiyat bermoqda.
Ma’lumot uchun, Vinisius Junior ushbu mavsumda La Ligadagi diskvalifikatsiyasi sababli to‘rtta bahsni o‘tkazib yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, milliy jamoalar o‘yinlari uchun yuzaga kelgan tanaffus vaqtida braziliyalik futbolchi o‘z mamlakati milliy jamoasi safida ikkita o‘rtoqlik bahsida qatnashib, beshta gol urgan.