O‘zbekiston kubogi yarimfinali doirasida bugun, 24-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan «Lokomotiv» - «Andijon» uchrashuvi rasmiylari tarkibida o‘zgarish bo‘ldi.
Olmaliqda bo‘lib o‘tadigan «Lokomotiv» — «Andijon» o‘yinida VAR hakami sifatida tayinlangan Doston Rahmonov va VAR assistenti bo‘lgan Alisher Rahimqulov uchrashuvga bir kun qolganida hakamlar ro‘yxatidan chiqarildi. O‘zbekiston Hakamlar markazi xabariga ko‘ra, Rahmonov o‘rniga G‘ayrat Jo‘rayev, Rahimqulov o‘rniga esa Maksim Nexochin tayinlangan.
Avvalroq, Alisher Rahimqulov va Doston Rahmonov 22-noyabr kuni «Dinamo» – «Bunyodkor» uchrashuvini boshqargan va bahs davomida Samarqand jamoasining 3 ta goli bekor qilinib, 3 ta penalti vaziyati tekshirilmagani klubning noroziligiga sabab bo‘lgandi.
O‘zbekiston Hakamlar markazi yarimfinal bahsidagi hakamlar o‘zgarishi sababini ma’lum qilmagan.
O‘zbekiston kubogi yarimfinal hakamlari o‘zgardi
Futbol
24 noyabr, 07:30
O‘yin bugun, 24-noyabr kuni soat 18:15 da boshlanadi.
Foto: PFL
24.11.2026, 08:15
Oʻzbekiston Kubogi
Andijon
-
:
-
Lokomotiv Tashkent