24-noyabr sanasida O‘zbekiston Kubogi yarimfinal uchrashuvlari o‘tkaziladi. Unda OKMK – «Navbahor» hamda «Andijon» va «Lokomotiv» o‘zaro bahs olib boradi.
Final ostonasidagi ushbu yarimfinal bellashuvlariga, tabiiyki, qiziqish juda katta. 4 ta klubdan ikkitasi finalga chiqadi va Kubok uchun kurashadi.
Shubhasiz, yarimfinal o‘yinlari «yonadi».
Tajribali sobiq futbolchi va hozirda «Qizilqum»da jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida ishlayotgan Akmal Shorahmedov yarimfinal oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Kubok o‘yinida chempionatdagi natijalar baribir esdan chiqadi. Chunki Kubok — bu Kubok! Istalgan jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba qozonishi mumkin. Shu bois kimning imkoniyati yuqori, yana kimning imkoniyati past deb bo‘lmaydi.
Masalan, «Andijon» yanada ko‘proq kuch bilan o‘ynashi mumkin. Chempionatda yuqori o‘rinlarga ko‘tarila olmaydi va bor e’tiborini Kubokka qaratishi tabiiy. «Lokomotiv»da ham shunday.
Lekin «Navbahor» ikkinchi o‘rinni ham ko‘zlayapti va Kubokni qo‘lga kiritishga ham intilmoqda. Ularga biroz qiyinroq. Ammo namanganliklarning ozgina ustunligi bor.
Boshqa klublarga qaraganda, «Navbahor»ning zaxirasi kuchliroq. «Andijon»da esa zaxira biroz kamroqdek, yoshlar ko‘payib qoldi. Kimdir jarohatda, kimdir diskvalifikatsiyada.
Hozirda «Lokomotiv»ning kayfiyati yaxshiroq. O‘ziga bo‘lgan ishonchi ham kuchliroq. «Andijon»da esa ketma-ket omadsizliklardan keyin biroz pasayish bordek. Lekin yarimfinal juftliklarida hech kimni favorit deb ayta olmayman, barchaning imkoniyati teng.
Yarimfinal o‘yini bitta bahsdan iborat va istalgan jamoa finalga chiqishi mumkin», — dedi Shorahmedov.
Akmal Shorahmedov: «Kubok o‘yinida chempionatdagi natijalar esdan chiqadi»
Eksklyuziv
24 noyabr, 01:32
Sobiq futbolchi jamoalarning imkoniyatlarini baholadi.
Фото: Андижон ПФК
24.11.2026, 08:15
Oʻzbekiston Kubogi
Andijon
-
:
-
Lokomotiv Tashkent