Bugun, 24-noyabr kuni Osiyo Chempionlar ligasi doirasida Ar-Riyodning «An Nasr» va Qatarning «As Sadd» klublari o‘zaro bahs olib boradi.
G‘arbiy mintaqa turnir jadvalida «An Nasr» 6 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi. Saudiya Arabistoni klubi raqiblarining aksariyatiga nisbatan bitta kam bahs o‘tkazgan. Jamoa turnirni «Al Ayn»ga qarshi 0:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshlagan, keyingi bahslarda esa Farg‘onaning «Neftchi»sini 3:1, Toshkentning «Paxtakor»ini 6:2 hisobida mag‘lub etgan.
«As Sadd» esa 4 ta turdan so‘ng 2 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda. Qatar klubi to‘plar nisbatiga ko‘ra ham salbiy ko‘rsatkichga ega: −5.
Bellashuvning start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 23:15 da yangraydi. O‘zbekiston hududida bahsni Setanta Sports platformasi jonli efirda namoyish etadi.