Elit Osiyo Chempionlar Ligasi 5-tur doirasidagi «Al Ittihod» — «Paxtakor» o‘yini (2:0)dan so‘ng toshkentliklar murabbiyi Emilian Karas matbuot anjumanida qatnashdi.
«Har ikki bo‘limni yomon boshladik va gollarga olib kelgan xatolarga yo‘l qo‘ydik. Keyin o‘zimizga keldik.
Bir nechta golli vaziyatlar yaratdik. Ulardan foydalanishda esa bizga tajriba va mahorat yetishmadi. Mezbonlarni g‘alaba bilan tabriklayman.
Hujumga o‘tishimiz zarurligi sababli birinchi bo‘limdayoq o‘zgarishga qo‘l urdik. Tarkibimizdagi yosh futbolchilar shunday bellashuvlarda tajriba to‘plashadi», — dedi mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu natijadan so‘ng «Al Ittihod» ochkolari sonini 7 taga yetkazib, 8-o‘ringa ko‘tarildi. «Paxtakor» esa 2 ochko bilan 15-pog‘onadan joy olgan.
«Sherlar» musobaqadagi navbatdagi o‘yinini 7-dekabr kuni «Traktor»ga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:45 da rejalashtirilgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi