Bugun
29
O'zbek

«MYU»ning qishki transferlar uchun ajratadigan mablag‘i ma’lum bo‘ldi

Futbol
23 noyabr, 22:00
Yangi moliyaviy qoidalar tufayli klubning transfer bozoridagi imkoniyatlari sezilarli darajada cheklangan.
«MYU»ning qishki transferlar uchun ajratadigan mablag‘i ma’lum bo‘ldi
Foto: Sports Illustrated

«Manchester Yunayted» qishki transferlar oynasida yangi futbolchilarni xarid qilish uchun 50 million funt sterlingdan (60 million yevro) kam mablag‘ ajratadi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, APLning yangi moliyaviy qoidalari tufayli manchesterliklarning transfer bozoridagi imkoniyatlari sezilarli darajada cheklangan. Klubning yanvar oyidagi transfer budjeti 50 million funtdan ancha kam bo‘lishi kutilmoqda.

Shu sababli jamoaning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino qishda ko‘pi bilan ikki nafar futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Hatto ulardan biri ijara asosida jalb qilingan taqdirda ham transferlar soni ikkitadan oshmaydi.

Es latib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» APLning 11 turidan so‘ng 8 ochko bilan turnir jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi.

Pochettinoning manchesterliklar boshqaruvidagi debyut uchrashuvi ham muvaffaqiyatsiz kechdi. Jamoa APLning 11-turida «Liverpul»ga yirik 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

«Qizil iblislar» navbatdagi uchrashuvini UEFA Chempionlar Ligasi doirasida Portugaliyaning «Sporting» klubiga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar