Bugun Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida Elit Chempionlar ligasi 5-turi doirasidagi «Neftchi» — «Al Hilol» bahsi oldidan tashkiliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda ertangi bellashuvga oid tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, «Neftchi» futbolchilari an’anaviy sariq-qora rangli liboslarda, «Al Hilol» vakillari esa to‘liq oq rangli liboslarda maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, «Neftchi» va «Al Hilol» o‘rtasidagi bahs ertaga, 22 noyabr kuni soat 18:45 da Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida bo‘lib o‘tadi.