«Real» darvozaboni Tibo Kurtua jamoa yarimhimoyachisi Jud Bellinghemning o‘yin va jamoadagi o‘rniga yuqori baho berdi.
«Jud — tug‘ma g‘olib. U buni doimo namoyon etadi. Bellinghem ajoyib mentalitetga ega yetakchi, u jamoamiz uchun juda muhim. U to‘p bilan muomala qilishni yaxshi ko‘radigan futbolchi. Shuningdek, sport zalida ko‘p shug‘ullanadi va tiklanish jarayoniga alohida e’tibor qaratadi. Jud bizga juda katta yordam bermoqda», — deya belgiyalik darvozabonning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Eslatib o‘tamiz, «Real» bugun, 24-noyabr kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turi doirasida PSVni o‘z maydonida qabul qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 25-noyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.