Bugun, 24-noyabr kuni Chempionlar ligasi 2026/27-yilgi mavsum umumiy bosqichining 5-turi doirasida «Manchester Siti» va «Napoli» o‘zaro bahs olib boradi. Bellashuv Manchesterdagi «Etihad» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvning start hushtagi Toshkent vaqti bilan 25-noyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da yangraydi. O‘zbekiston hududida bahsni Zo‘r TV telekanali jonli efirda namoyish etadi.
Ma’lumot uchun, umumiy bosqichning 6-turida «Manchester Siti» 8-dekabr kuni «Barselona» bilan, «Napoli» esa shu kuni «Bryugge»ga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi «PSJ» hisoblanadi. Parij klubi o‘tgan mavsum finalida «Arsenal»ni penaltilar seriyasida mag‘lub etgan.