Live
3
O'zbek

Mareska «Siti»ning Chempionlar ligasidagi asosiy maqsadini aytdi

Futbol
24 noyabr, 03:00
«Shaharliklar» turnirning umumiy bosqich jadvalida 9 ochko bilan yettinchi o‘rinda bormoqda.
Mareska «Siti»ning Chempionlar ligasidagi asosiy maqsadini aytdi
Фото: Getty Images
24.11.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Manchester Siti Manchester Siti - : - Napoli Napoli

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska jamoasining bu mavsumda Chempionlar ligasidan ko‘zlagan maqsadi haqida gapirdi.

«Eng avvalo, 1/8 finalga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olish muhim. Agar kuchli sakkizlikka kira olmasangiz, yana ikkita qo‘shimcha o‘yin o‘tkazishingizga to‘g‘ri keladi.

Jadvalimizda o‘yinlar juda ko‘pligini hisobga olsak, ularning sonini imkon qadar kamaytirish muhim. Shu sababli asosiy maqsadimiz — umumiy bosqichni kuchli sakkizlikda yakunlash», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi City Xtra.

Ayni paytda «shaharliklar» Chempionlar ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida 9 ochko bilan yettinchi o‘rinda bormoqda.

Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» YChL 5-turi doirasida 25-noyabrga o‘tar kechasi o‘z maydonida «Napoli»ni qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Napoli Napoli
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar