Live
2
O'zbek

YCHL. «Arsenal» — «Borussiya D». O‘yin qachon boshlanadi va qayerda namoyish etiladi?

Futbol
24 noyabr, 04:10
London klubi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turida Dortmund jamoasini qabul qiladi.
YCHL. «Arsenal» — «Borussiya D». O‘yin qachon boshlanadi va qayerda namoyish etiladi?
Foto: Getty Images
24.11.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Arsenal Arsenal - : - Borussiya D Borussiya D

Bugun, 24-noyabr kuni Chempionlar ligasi 2026/27-yilgi mavsum umumiy bosqichining 5-turi doirasida «Arsenal» va Dortmundning «Borussiya» klublari o‘zaro bahs olib boradi. Bellashuv Londondagi «Emireyts» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvning start hushtagi Toshkent vaqti bilan 25-noyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da yangraydi. O‘zbekiston hududida bahsni Setanta Sports platformasi jonli efirda namoyish etadi.

Ma’lumot uchun, umumiy bosqichning 6-turida «Arsenal» 9-dekabr kuni Madridning «Real» klubi bilan, «Borussiya» esa shu kuni «Inter»ga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi «PSJ» hisoblanadi. Parij klubi o‘tgan mavsum finalida «Arsenal»ni penaltilar seriyasida mag‘lub etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Borussiya D Borussiya D
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar