Bugun, 24-noyabr kuni Chempionlar ligasi 2026/27-yilgi mavsum umumiy bosqichining 5-turi doirasida «Galatasaroy» va «Aston Villa» o‘zaro bahs olib boradi. Bellashuv Istanbuldagi «RAMS Park» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvning start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da yangraydi. O‘zbekiston hududida bahsni Zo‘r TV telekanali jonli efirda namoyish etadi.
Ma’lumot uchun, umumiy bosqichning 6-turida «Galatasaroy» 8-dekabr kuni AEK bilan, «Aston Villa» esa shu kuni «PSJ»ga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi «PSJ» hisoblanadi. Parij klubi o‘tgan mavsum finalida «Arsenal»ni penaltilar seriyasida mag‘lub etgan.