Qatarda FIFA U-17 Jahon chempionati bahslari davom etmoqda. Musobaqaning 3-turi doirasidagi Daniya — Argentina bellashuvi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasiga ishonib topshirildi.
Mazkur bahs 25-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.
O‘zbekistonlik hakamlar brigadasi tarkibi:
Bosh hakam: Asker Najafaliyev
Yordamchi hakamlar: Baxtiyorxo‘ja Shavkatov va Avazbek Abdullayev.