UFC sobiq chempioni Iliya Topuriya britaniyalik Paddy Pimblett bilan birgalikda The Ultimate Fighter (TUF) realiti-shousining yangi mavsumida murabbiy sifatida ishtirok etishini ma'lum qildi.
Shuningdek, Topuriya Pimblettga qarshi jang o'tkazishni rejalashtirayotgan turnir kardining qanday ko'rinishda bo'lishi haqida ham gapirdi.
«Pimblett bilan TUF loyihasida murabbiylik qilamiz, keyin esa uning kallasini uzib tashlayman.
Kechaning ikkinchi asosiy jangida Justin Gaethje va Arman Tsarukyan to'qnash keladi. Dastlabki kardning so'nggi jangida esa Conor McGregor va Michael Chandler o'zaro kuch sinashadi», — deb yozdi Topuriya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Shu tariqa, Topuriya o'zi ishtirok etishi rejalashtirilayotgan turnirda UFCning bir qator mashhur jangchilari ham oktagonga chiqishini istamoqda.
Biroq hozircha ushbu janglar kardi UFC tomonidan rasman tasdiqlangani haqida ma'lumot berilmagan.