«Andijon» klubi chempionatning 28-turida safarda «Surxon» bilan durang o‘ynagach, endi oldinda O‘zbekiston Kubogi yarimfinali doirasida «Lokomotiv»ga qarshi jiddiy o‘yin kutmoqda.
Jamoa sardori Usmonali Ismonaliyev esa ortda qolgan o‘yin va bo‘lajak yarimfinal oldidan ayrim savollarga javob qaytardi.
- «Andijon» klubi chempionatning 28-turida Zominda «Surxon» bilan 0:0 o‘ynadi. Lekin bir nechta golli imkoniyatlar yuzaga kelgandi. Avvalo, qayd etilgan o‘sha durang haqida nima degan bo‘lardingiz?
- Biz ham, ular ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Bizda vaziyatlar ko‘proq bo‘lgandi. Afsuski, ulardan foydalana olmadik va shu bois durang qayd etildi. Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Xudo xohlasa, yarimfinalda g‘alabasiz seriyaga chek qo‘ymoqchimiz. Chunki hamma bo‘lajak o‘yinning qanchalik muhimligini bilib turibdi. Andijon xalqining kayfiyatini yanada ko‘tarish uchun g‘alaba qozonishimiz kerak.
- Darhaqiqat, jamoa uchun muhim sinov. Finalga bir qadam qoldi. «Lokomotiv»ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonish uchun nimani o‘zgartirish kerak, deb o‘ylaysiz?
- Birinchi navbatda, xohish va ishtiyoq kuchli bo‘lishi, maydonning har bir qarich yeri uchun jon-jahdimiz bilan kurashishimiz talab etiladi. Har bir futbolchi ortimizda Andijon xalqi turganini his qilib o‘ynasa, o‘z ishini 100 foiz bajarsa va borimizni 100 foizga berib harakat qilsak, shunda yutishimiz mumkin. Bu oddiy o‘yin emas. Har bir futbolchi o‘zini har tomonlama yaxshilab tayyorlashi kerak. Men bunga ishonaman.
- Yaqinda chempionat doirasida Andijonda «Lokomotiv»ga qarshi o‘yinda 1:3 hisobi qayd etilgandi. O‘sha uchrashuvdan qanday xulosa chiqardingiz? Har holda, endi raqibni yanada yaxshiroq bilasizlar.
- Albatta, ehtiyotkorlik bilan ham o‘ynash kerak. Ularning har bir vaziyatdan foydalana olishini ko‘rdik. O‘zingiz ham ko‘rgansiz, bizda ham o‘sha «Lokomotiv»ga qarshi uchrashuvda golli imkoniyatlar bo‘lgandi, biroq foydalana olmaganmiz. Raqib esa o‘z vaziyatlarini golga aylantirdi. Ularning bunga yarasha o‘yinchilari bor. Saviyali futbolchilarga ega. Bizda ham ulardan kam bo‘lmagan ijrochilar yetarli. Shuning uchun «Lokomotiv» bilan bemalol o‘ynasa bo‘ladi. G‘alabaga kuchli ishtiyoq bilan maydonga tushib, imkoniyatlardan unumli foydalana olsak, albatta, uyga g‘alaba bilan qaytamiz.
- Hozirgi o‘ta muhim pallada jamoa sardori sifatida sizning ham mas’uliyatingiz ikki karra oshadi. Buni qanday his qilyapsiz?
- Buni, ichimdan nimalar o‘tayotganini o‘zim bilaman, Xudo biladi. Futbolchilarni ruhiy jihatdan tayyorlash muhim. Bo‘lajak o‘yinga tayyorgarlikni boshladik. Bunga ko‘proq e’tibor beramiz. Chunki barcha o‘yinchilarimiz sport formasida. O‘zimizga ishonib maydonga tushsak, albatta, g‘alaba qozonamiz.
Usmonali Ismonaliyev: «Bu oddiy o‘yin emas»
Eksklyuziv
22 noyabr, 04:56
Ismonaliyev esa ortda qolgan o‘yin va bo‘lajak yarimfinal oldidan ayrim savollarga javob qaytardi.
Фото: Андижон ПФК
24.11.2026, 08:15
Oʻzbekiston Kubogi
Andijon
-
:
-
Lokomotiv Tashkent