«Arsenal» himoyachisi Rikardo Kalafiori kelajakda «Barselona» hujumchisi Lamin Yamalga qarshi o‘ynashni xohlashini ma’lum qildi. Italiyalik futbolchi, shuningdek, faoliyati davomida duch kelgan eng murakkab raqibni ham tilga oldi.
«Maykl Olise men to‘qnash kelgan eng qiyin raqiblardan biri. Kimga qarshi o‘ynashni istardim? Lamin Yamalga qarshi. Men u bilan faqat markaziy himoyachi sifatida to‘qnash kelganman. Endi esa himoyaning o‘ng qanotida unga qarshi harakat qilib ko‘rishni xohlayman», — deya Kalafiorining so‘zlarini Arsenal Radar nashri keltirmoqda.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli Kalafyori ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 13 ta bahsda maydonga tushib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» 24 noyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 25 noyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.