Live
11
O'zbek

Rasman. Deontey Uaylderning yangi raqibi ma'lum bo'ldi

Boks
24 noyabr, 10:37
Bu haqda Netflix rasman e'lon qildi.
Rasman. Deontey Uaylderning yangi raqibi ma'lum bo'ldi
Фото: Getty Images

Og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder 11-dekabr kuni Buyuk Britaniyaning Kardiff shahrida kongolik Martin Bakolega qarshi ringga chiqadi. Bu haqda Netflix rasman e'lon qildi.

Manbaga ko'ra, amerikalik bokschining dastlabki raqibi avstraliyalik Jey Opetaya qo'lidan olgan jarohati sabab bellashuvda ishtirok eta olmaydi.

Uning o'rnini egallagan Martin Bakole dastlab nigeriyalik Solomon Adebayo bilan jang qilishi rejalashtirilgan edi. Endilikda kongolik bokschi Uaylderga qarshi ringga ko'tariladi.

Ma'lumot uchun, mazkur bellashuv Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'rtasidagi jang doirasida tashkil etiladigan boks oqshomining ikkinchi asosiy jangi bo'ladi.

Bugungi yangiliklar