Live
11
O'zbek

«Barselona» Ozarbayjonga Yamalsiz yo‘l oldi

Futbol
24 noyabr, 10:40
    5
19 yoshli vinger «Sabah»ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.
«Barselona» Ozarbayjonga Yamalsiz yo‘l oldi
Foto: Getty Images
25.11.2026, 12:45 Chempionlar ligasi Sabah FK Sabah FK - : - Barselona Barselona

«Barselona» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turi doirasida «Sabah»ga qarshi kechadigan safar bahsi uchun Ozarbayjonga jo‘nab ketdi. Kataloniyaliklar delegatsiyasi tarkibida Lamin Yamal yo‘q. U noqulaylik sababli ushbu bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi.

The Touchline xabariga ko‘ra, 19 yoshli vinger esa «Barselona»ning mashg‘ulot bazasida ko‘ringan. U individual mashg‘ulot o‘tkazgan va «Deportivo»ga qarshi La Liga bahsiga to‘liq tayyor bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq «Barselona» Yamaling «Sabah»ga qarshi o‘ynamasligini, biroq «Deportivo» bilan bahsda maydonga tushishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, «Sabah» va «Barselona» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-tur bahsi 25 noyabr kuni Boku shahrida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sabah FK Sabah FK
  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar