Live
11
O'zbek

Yoroning «Liverpul»ga qarshi bahsda olgan qizil kartochkasi bekor qilindi

Futbol
24 noyabr, 10:35
    5
Angliya futbol assotsiatsiyasi «MYU» himoyachisining bir o‘yinlik diskvalifikatsiyasini ham bekor qildi.
Yoroning «Liverpul»ga qarshi bahsda olgan qizil kartochkasi bekor qilindi
Foto: Getty Images
22.11.2026 FT Angliya Premer-ligasi Liverpul Liverpul 4 : 0 Manchester Yunayted Manchester Yunayted

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) «Manchester Yunayted» himoyachisi Lenni Yoroning «Liverpul»ga qarshi bahsda olgan qizil kartochkasi bekor qilinganini ma’lum qildi. Bu haqda tashkilot X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Fransiyalik futbolchi Angliya Premyer Ligasining 11-turi doirasidagi bahsning 8-daqiqasida maydondan chetlatilgandi. «Liverpul» esa ushbu bahsda 4:0 hisobida g‘alaba qozongan.

FA bayonotiga ko‘ra, mustaqil tartibga soluvchi komissiya Yoroning maydondan chetlatilishi noto‘g‘ri bo‘lganiga oid shikoyatni ko‘rib chiqib, uni qanoatlantirgan. Natijada futbolchining bir o‘yinlik diskvalifikatsiyasi ham bekor qilindi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar