Shotlandiyalik mutaxassis Devid Moyes «Everton» bosh murabbiyi sifatida o‘tkazilgan uchrashuvlar soni bo‘yicha Harri Ketterikka tegishli bo‘lgan ko‘p yillik rekordni yangiladi.
APLning 11-turidan o‘rin olgan «Brentford»ga qarshi bahs Moyes uchun Liverpul klubi boshqaruvidagi 593-uchrashuv bo‘ldi. Biroq murabbiy uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu o‘yin muvaffaqiyatsiz yakunlandi. «Everton» raqibiga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ma’lumot o‘rnida, Moyes ilk bor 2002-yilda «Everton» bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Shotlandiyalik mutaxassis qo‘l ostida eng ko‘p maydonga tushgan futbolchi Leon Osman hisoblanadi. U Moyes boshqaruvida jami 345 ta uchrashuvda ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, «Everton» «Brentford»dan uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng APL turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi.
Avvalroq «Everton» Reshfordni «Manchester Yunayted»dan ijaraga olmoqchi ekani ma’lum qilingandi.