«Napoli» yarimhimoyachisi Kevin De Bryuyne qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Shuningdek, 35 yoshli futbolchi rafiqasiga nisbatan bildirilgan salbiy fikrlar haqida gapirdi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.
«Faoliyatim davomida turli pozitsiyalarda o‘ynaganman va vazifamni tez-tez o‘zgartirganman. Maydondagi vaziyatni his qilgan holda harakat qilaman va qayerda raqib uchun ko‘proq xavf tug‘dira olishimni aniqlashga urinaman. Menimcha, ushbu yilda yaxshi o‘ynamoqdaman. Qaysi pozitsiyada harakat qilishim unchalik muhim emas.
Kelajagim haqida gapiradigan bo‘lsam, o‘sha maqolani o‘qisangiz, ehtimol, rafiqam aynan nima deganini tushunarsiz. Uning manziliga yoqimsiz munosabat bildirildi. Nima uchun bunday bo‘lganini bilmayman. Siz mening hayotimni bilmaysiz. Hech kim bu masalada fikr bildirmasligi kerak. Bunday holatlar meni o‘ylantirib qo‘yadi. Bu yoqimsiz vaziyat bo‘ldi. Yanvar oyida ketamanmi? Bu borada ko‘p narsa ayta olmayman. Yaxshi o‘ynayapman va jamoaga natijalarga erishishda yordam beryapman. Ko‘p voqealar sodir bo‘ldi.
Milliy jamoada nega yaxshi o‘ynayapman? Chunki unga ko‘proq ko‘nikkanman. Ammo «Napoli» safida ham yaxshi harakat qilayotganimni his qilyapman. Turnir jadvalida yuqoriroq o‘rinda bo‘lishni istardik. Belgiya milliy jamoasi va «Napoli»dagi o‘yinim o‘rtasida katta farq ko‘rmayapman», — deya De Bryuyne so‘zlarini Corriere dello Sport nashri keltirdi.