«Barselona» va «Real» yarashuv bitimiga erisha olmadi.
May oyi o‘rtalarida «Real» prezidenti Florentino Peres Xose Mariya Enrikes Negreyra ishi haqida gapirar ekan, hakamlarning xatti-harakatlari sabab jamoa yettita chempionlik unvonidan mahrum qilinganini ta’kidlagan edi. Kataloniyaliklar esa Peresning ushbu bayonotlari yuzasidan sudga murojaat qilishga tayyorlanayotgani haqida xabar berilgandi.
Iyun oyida «Barselona» Madrid klubi rahbarini so‘zlaridan qaytarish maqsadida majburiy yarashuv to‘g‘risida ariza topshirgan edi. Bugun, 25-noyabr kuni, ushbu masala bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Biroq klublar yuristlari yarashuvga erisha olmadi, deb xabar bermoqda Cadena SER nashri.
«Barselona» huquqiy kurashni davom ettiradi.
Avvalroq kataloniyaliklar prezidenti Joan Laporta Peresning soʻzlari uchun “Real”dan tovon puli talab qilishini aytgandi.
«Barselona» va «Real» yarashuv bitimiga erisha olishmadi
Futbol
25 noyabr, 10:25
Bugun bo‘lib o‘tgan sud majlisida ikki tomon ham bir-biriga qo‘ygan ayblovlarini qaytarib olishga rozi bo‘lmadi.
Foto: Getty Images