«Yuventus» klubi «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Brunu Fernandeshni jamoaga taklif etishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Tuttosport nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, turinliklar portugaliyalik 32 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi mavsum yakunida tugab, u erkin agentga aylangan taqdirda, uni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.
Qayd etilishicha, «Yuventus» rahbariyati bu borada ijobiy kayfiyatda. Chunki hozircha MLS va Saudiya Arabistoni klublari Fernandeshga jiddiy qiziqish bildirmagan. Bu esa Italiya grandining muzokaralarda muvaffaqiyat qozonish imkoniyatini oshirmoqda.
Bu mavsumda Fernandesh barcha turnirlar doirasida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.