O‘zbekistonlik Javohir Sindorov va hindistonlik Gukesh Dommaraju shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi uchun bahsni davom ettirdi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlandi va 20:57 gacha davom etdi. Sindorov va Dommaraju yana durangga imzo chekishdi.
Ular 1-partiyada ham durangga rozi bo‘lishgan. 25-noyabr kungi bahsda Javohir qora donalarda o‘ynadi.
Ma’lumot uchun, Gukesh 2024-yil dekabr oyida Singapurda qo‘lga kiritgan jahon chempionligi unvonini ilk bor himoya qilmoqda.
Ikki shaxmatchi o‘rtasidagi kurash davom etadi. Ertaga, 26-noyabr kuni ular 3-partiyani o‘tkazishadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi