Live
10
O'zbek

«Anchelotti meni million marta mag‘lub etgan» — Gvardiola Braziliya ustozini qo‘llab-quvvatladi

Futbol
25 noyabr, 11:10
Ispaniyalik mutaxassis Romario bilan intervyuda italiyalik hamkasbini qo‘llab-quvvatladi.
«Anchelotti meni million marta mag‘lub etgan» — Gvardiola Braziliya ustozini qo‘llab-quvvatladi
Foto: Getty Images

«Barselona» va «Manchester Siti» klublarining sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hozirda Braziliya milliy jamoasini boshqarayotgan italiyalik mutaxassis Karlo Anchelottini qo‘llab-quvvatladi.

«Anchelottiga ko‘proq vaqt kerak. Men Karlo bilan ko‘p marta to‘qnash kelganman va u meni million marta mag‘lub etgan. U — ajoyib inson, uning salohiyatiga zarracha shubham yo‘q. Anchelotti boshqa madaniyatga ega mamlakatga keldi. Ba’zan ish jarayonini yo‘lga qo‘yish uchun ko‘proq vaqt talab etiladi.

Unga nisbatan shubha bildira olmayman. Ko‘pchilik Karloni jamoani boshqarish borasida birinchi raqamli mutaxassis deb hisoblaydi»,
— dedi Gvardiola Romario bilan intervyuda.

Italiyalik 67 yoshli mutaxassis 2025-yil may oyida Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
Bugungi yangiliklar