«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu Chempionlar ligasi 5-turi doirasida «Shtutgart»ga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi.
«Bergamoda sodir bo‘lgan voqealarni tahlil qildik. Hammasini xotirjamlik bilan baholashimiz kerak. Oldinda bizni nima kutayotganini barchamiz tushunib turibmiz. «Shtutgart» jismoniy jihatdan juda kuchli, yakkakurashlarda ham raqiblariga jiddiy qarshilik ko‘rsatadi. Zelinski o‘ynay olmaydi. Markus Tyuram va Lautaro Martinesning holatiga kelsak, ular haqidagi qarorni o‘yin kuni qabul qilamiz.
Chempionlar ligasida o‘zimizni yana bir bor ko‘rsatish imkoniyati kutmoqda va hozir eng muhimi ham shu. Turnirdagi holatimizni tushunib turibmiz. Ammo o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizni ham unutganimiz yo‘q. «Shtutgart» qanchalik kuchli ekanini ham bilamiz. Eng yaxshi futbolimizni namoyish etish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak», — deya Kivuning so‘zlaridan keltiradi UEFA rasmiy sayti.