Live
2
O'zbek

Tyuram va «Inter» o‘rtasida yangi shartnoma bo‘yicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan

Futbol
24 noyabr, 04:15
Hozirda Markusga «MYu», «Chelsi» va «PSJ» qiziqish bildirmoqda.
Tyuram va «Inter» o‘rtasida yangi shartnoma bo‘yicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan
Foto: Getty Images

Milaning «Inter» klubi hujumchisi Markus Tyuram faoliyatini Yevropaning boshqa yetakchi jamoalaridan birida davom ettirishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 29 yoshli fransiyalik futbolchi atrofidagi vaziyatni Angliyaning «Manchester Yunayted» va «Chelsi» klublari, shuningdek, Fransiyaning «PSJ» jamoasi diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Ayni paytda Tyuram va «Inter» o‘rtasidagi yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarda maosh masalasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. Agar tomonlar yangi kelishuv borasida bir to‘xtamga kela olmasa, Italiya klubi hujumchini 65–75 million yevro evaziga sotishga tayyor bo‘ladi.

Fransiyalik futbolchining Milan grandi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Markus ushbu mavsumda Italiya A Seriyasi doirasida 11 uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar