Live
4
O'zbek

«Chelsi» Skott transferi bo‘yicha faol harakatlanmoqda

Futbol
25 noyabr, 12:40
Alonso yarimhimoyachini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.
«Chelsi» Skott transferi bo‘yicha faol harakatlanmoqda
Фото: Getty Images

«Chelsi» klubi «Bornmut» yarimhimoyachisi Aleks Skottni sotib olish uchun bor kuchini ishga solmoqchi. Bu haqda jurnalist Jon Kross xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, yanvar oyida «ko‘klar» Skott transferi bo‘yicha qat’iy harakat olib boradi. Qolaversa, ayni paytda yarimhimoyachining faoliyatini davom ettirishi uchun eng ehtimoliy manzil aynan «Stemford Brij» hisoblanmoqda.

Shuningdek, Skottning transferi orqali «Chelsi» bosh murabbiy Xabi Alonsoga yuqori darajada ishonch bildirayotganini namoyish etmoqchi.

Bu mavsumda Aleks barcha turnirlar doirasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq Karrager «Chelsi»ga markaziy himoyachi olishni tavsiya bergandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar