Live
9
O'zbek

APLning 4 klubi Ryudiger uchun da’vogarlik qilmoqda

Futbol
24 noyabr, 16:00
Germaniyalik 32 yoshli futbolchining Madrid klubi bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2027-yil yozida nihoyasiga yetadi.
APLning 4 klubi Ryudiger uchun da’vogarlik qilmoqda
Фото: Getty Images

«Real» himoyachisi Antonio Ryudiger kelasi yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Germaniyalik 32 yoshli futbolchining Madrid klubi bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2027-yil yozida nihoyasiga yetadi.

Agar tomonlar bitimni uzaytirmasa, futbolchi erkin agent maqomiga ega bo‘lishi mumkin. Ryudigerning kelajagi borasidagi noaniqliklar fonida Angliya Premyer-ligasining to‘rtta klubi uni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Futbolchiga «Chelsi», «Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» klublari qiziqish bildirgan.

Antonio «Real»ga kelguniga qadar «Chelsi» sharafini himoya qilgan. London klubi esa uni ortga qaytarishni istamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Tottenhem Tottenhem
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar