Live
9
O'zbek

Shaxmat toji uchun jang: Sindorov va Gukesh o‘rtasidagi ilk partiyada durang qayd etildi

Boshqalar
24 noyabr, 12:51
    52
Tomonlar murosa ko‘chasini tanladi.
Shaxmat toji uchun jang: Sindorov va Gukesh o‘rtasidagi ilk partiyada durang qayd etildi
Фото: Getty Images

Shveytsariyaning Jeneva shahrida shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi uchun bahs start oldi. O‘zbekistonlik Javohir Sindorov va hindistonlik Gukesh Dommaraju o‘rtasidagi ilk partiya yakuniga yetdi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlandi va 22:42 ga qadar davom etdi. O‘yinda Sindorov va Gukesh durangga imzo chekdi.

Ma’lumot uchun, Gukesh 2024-yil dekabr oyida Singapurda qo‘lga kiritgan jahon chempionligi unvonini ilk bor himoya qilmoqda. U xitoylik Ding Lirenni 7,5:6,5 hisobida mag‘lub etib, finalning 14-partiyasida hal qiluvchi g‘alabaga erishgan edi.

Mukofot jamg‘armasi 2,5 million dollarni tashkil etadigan jahon chempionligi uchun bahs 14 partiyadan iborat bo‘ladi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

52 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar