Live
9
O'zbek

Mane Senegalga Afrika chempioni unvoni qaytarilganidan so‘ng marokashliklarga murojaat qildi

Futbol
24 noyabr, 15:40
Sport arbitraj sudi Senegalning g‘alabasini o‘z kuchida qoldirdi.
Mane Senegalga Afrika chempioni unvoni qaytarilganidan so‘ng marokashliklarga murojaat qildi
Фото: Getty Images

Senegal milliy jamoasi sardori Sadio Mane Sport arbitraj sudi (CAS) Afrika Millatlar kubogi finalidagi 1:0 hisobidagi g‘alabani o‘z kuchida qoldirganidan keyin Marokash xalqi va futbolchilariga hurmat bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, CAS Afrika futbol konfederatsiyasi Apellyatsiya qo‘mitasining Senegal milliy jamoasiga finalda 0:3 hisobida texnik mag‘lubiyat yozib berish haqidagi qarorini bekor qilgan edi.

«Sport arbitraj sudining Senegalga Afrika chempioni unvonini qaytargan qarori bizga katta quvonch bag‘ishlamoqda. Jamoadoshlarimga rahmat aytmoqchiman. Ushbu ikkinchi yulduzni qo‘lga kiritish uchun ularning har biri qanday mehnat qilgani va qanday qurbonliklarga borganini yaxshi bilaman.

Marokash xalqi va futbolchilariga hurmatimni va qo‘llab-quvvatlashimni izhor etaman. Ular ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi va bundan faxrlanishlari mumkin. Kelajakda ularga omad tilayman.

Senegal va Marokash — ikki qardosh xalq. Futbolga bo‘lgan ishtiyoqimiz bundan keyin ham bizni birlashtirib tursin. Barcha senegalliklarni tabriklayman. Bu g‘alaba sizlarning ham g‘alabangizdir», — deya Manening so‘zlarini insayder Fabricio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida keltirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Senegal Senegal
Bugungi yangiliklar