Marokash milliy jamoasi Senegalga qarshi Afrika kubogi finali bo‘yicha Sport arbitraj sudi (CAS) chiqargan qarordan so‘ng FIFA reytingida 18 ochko yo‘qotishi mumkin.
Senegalning Wiwsport nashri hisob-kitoblariga ko‘ra, bu holat Marokashning reytingda 5-o‘rindan 8-o‘ringa tushib ketishiga olib kelishi ehtimoli bor.
Noyabr oyida marokashliklar 1809,37 ochko to‘plab, o‘z tarixidagi eng yuqori natija — 5-o‘ringa ko‘tarilgan edi. Ular bu borada Portugaliya (1801,28) va Braziliya (1800,91) milliy jamoalarini ortda qoldirishgan.
Agar 18 ochko ayirib tashlansa, Marokash hisobida 1791,37 ochko qoladi.
Shu tariqa marokashliklar Afrikaning yana bir vakili — 1994-yil aprel oyida ushbu natijaga erishgan Nigeriyaning yutug‘ini takrorladi.