Live
6
O'zbek

Afrika millatlar kubogi chempionligi bo‘yicha yakuniy qaror bugun e’lon qilinadi

Futbol
24 noyabr, 00:35
    15
Sport arbitraj sudi Marokash milliy jamoasi foydasiga qaror chiqarishi kutilmoqda.
Afrika millatlar kubogi chempionligi bo‘yicha yakuniy qaror bugun e’lon qilinadi
Foto: ESPN

Sport arbitraj sudi (CAS) bugun, 24-noyabr kuni 2025-yilgi Afrika millatlar kubogi finali g‘olibi bilan bog‘liq ish yuzasidan Marokash milliy jamoasi foydasiga qaror chiqaradi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, final uchrashuvining 90+9-daqiqasida bosh hakam Jan-Jak Ngambo Ndala Marokash milliy jamoasi foydasiga penalti belgilagandi.

Hakamning qaroridan norozi bo‘lgan senegallik futbolchilar maydonni tark etishdi. Uchrashuv 15 daqiqadan ortiq vaqt davomida to‘xtab qoldi. Keyinchalik Senegal milliy jamoasi sardori Sadio Mane jamoadoshlarini maydonga qaytishga ko‘ndirdi.

Bahsning 90+23-daqiqasida marokashlik Brahim Dias penaltini «panenka» uslubida ijro etib, to‘pni darvozabon Eduar Mendining qo‘liga tepdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa senegallik Pap Geye uchrashuvdagi yagona golga mualliflik qildi.

Biroq mart oyida Afrika futbol konfederatsiyasining (CAF) Apellyatsiya qo‘mitasi Senegalga 0:3 hisobida texnik mag‘lubiyat yozdi va chempionlik unvonini Marokash milliy jamoasiga berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Senegal Senegal
  • Marokash Marokash
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar