Afrika Millatlar kubogi finalida mezbon Marokash Senegal bilan to‘qnash keldi va mehmonlar qo‘shimcha bo‘limlardagi gol evaziga g‘alaba qozonishdi.
Ikkinchi bo‘lim yakuni dramatik o‘tdi. Hakam 90+9-daqiqada mezbonlar foydasiga penalti belgilagach, mehmonlar norozilik bildirishdi va maydonni tark etishdi. 10-15 daqiqa o‘tib, senegal liklar sardori Mane jamoadoshlarini ortga qaytardi. Penalti amalga oshirildi, ammo Diasning panenkasini Mendi ushlab oldi. So‘ng o‘yin qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tdi.
Qo‘shimcha bo‘limlar boshida esa Pape Guye g‘alaba to‘pini kiritdi va Senegal o‘z tarixida 2-bor qit‘a chempionligini qo‘lga kiritdi.
Afrika Millatlar kubogi. Final
Marokash — Senegal 0:1
18 yanvar, Rabot, «Stade Prince Moulay Abdallah»
Gol: Pape Guye (94).
Foydalanilmagan penalti: Dias (90+24).
Marokash — Bunu, Hakimi, Aguerd, Masina (Al Yamik, 89), Mazraui (Igamane, 98), Al Aynaui, Al Hannus, Saybari (Salo‘h-Eddin, 90+4), Ezzalzuli, Dias (A‘homash, 98), Al Kaabi.
Senegal — E.Mendi, M.Sarr, Niakate, Kamara (I.Sarr, 77), A.Mendi (Sek, 77), Diuf (Yakobs, 106), I.Guye, P.Guye, Mane, Ndiaye (Mbaye, 77), Jekson (Sh.Ndiaye, 90+3).
Ogohlantirishlar: Kamara (24), I.Sarr (90+9), Diuf (90+10), Salo‘h-Eddin (90+21), E.Mendi (90+21), An Nosiri (112), M.Sarr (113).