Jahon reytingining uchinchi raqamli tennischisi, ispaniyalik Karlos Alkaras Shanhayda o‘tayotgan «Masters» turnirining to‘rtinchi bosqichiga yo‘l ololmadi. U reytingda 39-o‘rinda borayotgan belgiyalik Zizu Bergsga 5:7, 6:7 hisoblarida mag‘lub bo‘ldi.
Tennischilar kortda 2 soat 3 daqiqa harakat qilishdi. Bellashuv davomida Zizu Bergs 9 ta eysni amalga oshirdi va 1 marta qo‘shaloq xatoga yo‘l qo‘ydi. Shuningdek, u 4 ta breyk-pointdan 3 tasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Karlos Alkaras esa uchrashuv davomida 5 ta eys qayd etdi, 2 marta qo‘shaloq xatoga yo‘l qo‘ydi va o‘zi ishlab olgan 2 ta breyk-pointning har ikkalasidan ham unumli foydalandi.
Shanhaydagi turnirning chorakfinaliga chiqish uchun Bergs amerikalik Tommi Pol va monakolik Valanten Vashero o‘rtasidagi bahs g‘olibi bilan kortga chiqadi.
Tennis. Alkaras Shanhaydagi turnirni 3-bosqichdayoq tark etdi
Tennis
12 oktabr, 10:42
Ispaniyalik tennischi reytingda 39-o‘rinni egallab turgan Bergsga yutqazib qo‘ydi.
Foto: Getty Images