Live
2
O'zbek

«Nyukasl» va «Yuventus» Teylor uchun da’vogarlik qilmoqda

Futbol
25 noyabr, 12:50
Futbolchi kelajagi borasidagi savollarga javob qaytardi.
«Nyukasl» va «Yuventus» Teylor uchun da’vogarlik qilmoqda
Фото: Getty Images

«Lazio» yarimhimoyachisi Kennet Teylor faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Nyukasl» va «Yuventus» jamoalari niderlandiyalik 24 yoshli futbolchiga da’vogarlik qilmoqda. Futbolchi kelajagi borasidagi savollarga javob qaytardi.

«Bu gaplar rost, agentlarim menga boshqa klublardan qiziqish borligini aytishdi. Ammo avval ham ta’kidlaganimdek, yanvar oyida jamoani tark etish haqida umuman o‘ylamayapman. Men bu yerda qolib, «Lazio»ning Chempionlar ligasiga qaytishiga yordam berishni istayman», — deya Teylorning so‘zlarini keltirmoqda CaughtOffside.

Qayd etilishicha, «qarg‘alar» Kennet bilan tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nyukasl Nyukasl
  • Lasio Lasio
  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar