La Liga o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida Ispaniya chempionatining noyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ushbu mukofot uchun besh nafar futbolchi da’vogarlik qilmoqda.
Nomzodlar ro‘yxati quyidagicha:
1. Jude Bellinghem («Real»).
2. Lamin Yamal («Barselona»).
3. Hulian Alvarez («Atletiko»).
4. Angel Fortuno («Espanyol»).
5. Yassir Zabiri («Racing»).
G‘olib La Liga platformasida muxlislar o‘rtasida o‘tkaziladigan ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
Ma’lumot uchun, oktabr oyida «Real» hujumchisi Kilian Mbappe eng yaxshi futbolchi deb topilgandi.