Yevropa Chempionlar ligasining 5-turida «Vilyarreal» klubi safarda «Slaviya» bilan bahs olib bordi. Unda ispaniyaliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona gol Byukenen hisobiga yozildi.
Shu tariqa, «sariq submarina» ochkolari sonini 6 taga yetkazib, 22-o‘ringa ko‘tarildi. Chexiya klubi esa 1 ochko bilan 34-pog‘onada.
YChL. 5-tur
Slaviya — Vilyarreal 0:1
Gol: Byukenen 62.
Slaviya — Markovich, Vlchek (Kubyak, 66), Goles, Zima, N’Gyussan (Kachor, 66), Sadilek, Yurasek, Sulaymon, Ayaosi, Xitil.
Vilyarreal — Luis Junior, Veyga, Mourinio, Kosta, Kardona (Romero, 90+1), Guye, Byukenen, Masiya (Friman, 75), Moleyro (Komesanya, 59), Ayose Peres (Mikautadze 75), Oluvaseyi.