Live
3
O'zbek

«PSJ» Moleyroga qiziqish bildirmoqda

Futbol
24 noyabr, 00:33
Transfermarkt portali ekspertlari futbolchining bozor qiymatini 50 million yevro deb baholamoqda.
«PSJ» Moleyroga qiziqish bildirmoqda
Фото: Getty Images

«Vilyarreal» vingeri Alberto Moleyro «PSJ»ning transfer qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, parijliklar Desire Due va Xvicha Kvaratsxeliya jarohatlaridan keyin hujum chizig‘ini kuchaytirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, jamoa ispaniyalik 23 yoshli futbolchini diqqat bilan kuzatmoqda va qishki transfer vaqtida uni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

«Vilyarreal» qishki transfer oynasida o‘z yetakchi futbolchisini sotishga rozi bo‘lishi dargumon. Biroq «PSJ» rahbariyati Moleyroning o‘yin uslubini munosib variant deb hisoblamoqda va uning atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etadi.

Alberto bu mavsumda barcha turnirlarda 18 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali ekspertlari futbolchining bozor qiymatini 50 million yevro deb baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Villarreal Villarreal
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar