Live
2
O'zbek

«Benfika» vingeri «PSJ»ga o‘tishni rad etdi

Futbol
24 noyabr, 04:00
Janluka Prestianining qishki transfer oynasida klubini o‘zgartirish niyati yo‘q.
«Benfika» vingeri «PSJ»ga o‘tishni rad etdi
Foto: Getty Images

«Benfika» hujumkor yarimhimoyachisi Janluka Prestiani kamida ushbu mavsum oxirigacha Lissabon klubida qolmoqchi. Argentinalik vinger «PSJ»ga o‘tish taklifini rad etgan va bu haqda «Benfika» rahbariyatini xabardor qilgan. Bu haqda Record nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Fransiya klubi jarohat olgan Dezire Due va Xvicha Kvaratsxeliya o‘rniga Prestianini ehtimoliy nomzod sifatida ko‘rib chiqqan. Biroq 20 yoshli futbolchi qishki transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmayapti.

Prestianining «Benfika» bilan dastlabki shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan edi. Biroq tomonlar yaqinda bitimni uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Endi argentinalik futbolchining shartnomasi 2031-yilga qadar amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Argentina milliy jamoasiga jalb etilayotgan futbolchining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Benfica Benfica
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar