«Barselona» klubi «Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Eyden Hevenning nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Touchline xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» chap oyoqda o‘ynaydigan markaziy himoyachi izlamoqda. «Manchester Yunayted»ning 20 yoshli futbolchisi ham kataloniyaliklar qiziqish doirasidagi nomzodlardan biri hisoblanadi.
Ayni vaqtda Heven «qizil iblislar»da yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganidan norozi. Shu bois u qishki transfer oynasida boshqa klubga ijara asosida o‘tishga tayyor.
Eyden bu mavsumda mankunianliklar safida barcha turnirlar doirasida 8 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Transfermarkt portali istiqbolli himoyachining transfer qiymatini 30 million yevro deb baholamoqda. Mankunianliklar 2025-yil boshida uni «Arsenal»dan qariyb 2 million yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan edi.